Borussiya yozda braziliyalik himoyachi Pratesni oladi

Dortmundning «Borussiya» klubi rasmiy sayti orqali yozgi transfer bo‘yicha ma’lumot berdi. «Asalarilar» safi braziliyalik himoyachi Kauan Prates bilan to‘ldiriladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Prates yozga qadar «Kruzeyro» tarkibida o‘ynashda davom etadi, shundan so‘ng Dortmundga ko‘chib o‘tadi. Bu hafta futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va 2031 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Avgust oyida Kauan Prates 18 yoshga to‘ladi. U chap qanot himoyachisi sifatida ham, markaziy himoyachi sifatida ham maydonga tushishi mumkin.
Ayni paytda «Borussiya» Bundesligada ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam «Bavariya»dan olti ochko ortda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing