Fonseka Lion bilan bu mavsum sovrinlar uchun tayyormiz dedi

"Lion" bosh murabbiyi Paulu Fonseka joriy mavsumdagi ish jarayoni haqida fikr bildirdi. Klub barcha musobaqalarda ketma-ket 13 gʻalabadan iborat seriya qayd etib, bir vaqtning oʻzida uch turnirda ham barqaror oʻyin ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, jamoa sovrinlar yutishga ham tayyor, ham bunga qodir, biroq bu yoʻl nihoyatda murakkab. Fonseka Liga 1 dagi toʻrtinchi mavsumini oʻtkazayotganini, aynan shu yil chempionat eng raqobatbardosh kechayotganini taʼkidladi. Shunga qaramay, u jamoaning ambitsiyasi, qoʻllanayotgan uslublar va futbolchilarning doimiy oʻsishga intilishiga ishonishini bildirdi.
Fonseka "Lion" bu mavsumda katta kutilmagan natija ko'rsatishi mumkinligini ham qoʻshimcha qildi. U mavsum boshidagi ogʻir start va duch kelingan muammolarni eslatib, hozir jamoa imkon qadar eng yaxshi sport formasiga kirganini aytdi. Murabbiy uchun eng muhim mezon mavsum qanday yakunlanishi ekani, yakunda esa klub o'ziga xos nimadir yaratishga qodirligini taʼkidladi.
Hozirda "Lion" Fransiya chempionatida uchinchi oʻrinda bormoqda. Jamoa Yevropa Ligasi umumiy bosqichini birinchi oʻrinda yakunlab, pley-offda kurashni davom ettiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!