Ellardays Tottenhem futbolchilari har o'yinda 100% berilishi shart dedi

Britaniyalik futbol mutaxassisi Sem Ellardays Angliya chempionatining joriy mavsumida Londonning «Tottenhem» jamoasi ko'rsatayotgan o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning ta'kidlashicha, haftasiga 150 ming funt maosh olayotgan futbolchi har uchrashuvda maksimal darajada mehnat qilishi kerak. «Klub futbolchilar uchun barcha sharoitni yaratib bergan, shunday ekan nega ular maydonda oxirigacha o'ynamaydi? Agar kimdir 100% ishlamasa, u jamoada qolmasligi kerak», — deya Ellardaysning so'zlarini Sky Sports keltiradi.
«Tottenhem» APLning bu mavsumida kutilgan natijalarni bera olmayapti: londonliklar 29 ochko bilan turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing