date

Arsen Zaharyan Real Sosedadning o'yin qaydnomasiga kiritildi

Arsen Zaharyan Real Sosedadning o'yin qaydnomasiga kiritildi

«Real Sosedad» yarimhimoyachisi Arsen Zaharyan Ispaniya La Ligasining 25-turi doirasida «Oviedo»ga qarshi bahsda maydonga tushish imkoniga ega. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rossiyalik futbolchi 21 fevral kuni bo'lib o'tadigan uchrashuv uchun jamoa qaydnomasidan o'rin oldi. O'yin 18:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

22 yoshli Zaharyan 2023 yildan beri San-Sebastyan klubida to'p surib kelmoqda. U shu vaqtgacha «Sosedad» safida 60 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.

Joriy La Liga mavsumida Zaharyan jamoasi 31 ochko jamg'argan va turnir jadvalida sakkizinchi pog'onada bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsen Zaharyan Real Sosedadning o'yin qaydnomasiga kiritildi