Argentina futbol rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilinadi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani yuzasidan ochilgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu ishda tashkilot g'aznachisi Pablo Tovigino ham figurant sifatida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot organlari ikki amaldorga ham mamlakatni tark etishni taqiqladi.
So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tishi belgilangan. Tergov AFA tomonidan ijtimoiy badallar bo'yicha davlat g'aznasiga 13 mln dollar yetib kelmagani haqidagi ma'lumotlardan so'ng boshlangan.
Shuningdek, Tapia tasarrufidagi 10 gektarlik, vertolyot maydonchasi mavjud bo'lgan ko'chmas mulk ham shubha ostiga olingan.
Prokuratura futbolchilarga berilgan bonuslar miqdori hamda Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlari o'rtasidagi tafovutga ham alohida e'tibor qaratmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!