Arsenal vingeri Madueke haqidagi fikrlar noto'g'ri ekanini aytdi

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Noni Madueke jamoatchilik orasida uning fe'l-atvori haqida noto'g'ri tasavvur shakllanganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 yoshli futbolchining so'zlariga ko'ra, ba'zilar uni takabbur, o'ziga ortiqcha ishongan yoki yetarlicha mehnat qilmaydigan deb hisoblaydi. Madueke esa buning aksini aytib, doim o'z ustida ishlashga intilishini va ishiga juda jiddiy yondashishini qayd etdi.
Joriy mavsumda Madueke 26 uchrashuvda 6 gol urdi va 3 bor jamoadoshlariga assist qayd etdi. O'tgan yil iyulida «Arsenal» uni «Chelsi»dan 56 million yevro evaziga sotib olgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing