Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roq qilinadi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani yuzasidan ochilgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ushbu ishda AFA g'aznachisi Pablo Tovigino ham gumondor sifatida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot organlari har ikki mansabdor shaxsning mamlakatni tark etishini vaqtincha taqiqladi.
So'roq 5 mart kuni o'tkazilishi belgilangan. Tergov AFA tomonidan ijtimoiy ajratmalar bo'yicha davlat byudjetiga 13 million dollar yetmay qolgani haqidagi da'volardan so'ng boshlangan.
Shuningdek, Tapia nomidagi 10 gektarlik, vertolyot qo'nish maydonchasiga ega hashamatli mulk ham tekshiruv e'tiborida.
Prokuratura alohida tarzda futbolchilarga beriladigan bonuslar miqdorini ham o'rganmoqda: bu ko'rsatkich Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan past ekani qayd etilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!