Berardi A Seriyada Shevchenkodan gol urishda o'zib ketdi

Italiya A Seriyasida 26-tur uchrashuvlariga start berildi. Tur doirasida «Sassuolo» autsayder «Verona»ni yirik hisobda mag'lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yinda «neroverdi»ning tajribali hujumchisi Domeniko Berardi dubl qayd etdi. Ushbu gollar Berardiga A Seriya to'purarlari ro'yxatida ukrainalik sobiq forvard Andrey Shevchenkoni ortda qoldirish imkonini berdi.
Hozirda Berardining hisobida 128 ta gol bor, Shevchenkoda esa 127 ta. Shuningdek, Berardi bu ko'rsatkich bo'yicha afsonaviy Janni Rivera bilan tenglashdi — ular A Seriya tarixidagi umumiy to'purarlar ro'yxatida 47-o'rinni bo'lishib turibdi.
Ushbu g'alaba «Sassuolo»ga turnir jadvalida sakkizinchi pog'onaga ko'tarilishga yordam berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing