Yelagin Fenerbahche va Nottingham Forest o'yiniga prognoz berdi

Yevropa Ligasi pley-off bosqichidagi ilk styk uchrashuvida Istanbulning «Fenerbahche» jamoasi «Nottingham Forest»ni qabul qiladi. Bahs oldidan futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yelaginning ta'kidlashicha, «Nottingham Forest» APLda quyi o'rinlar atrofida yurayotgan bo'lsa-da, Yevropa Ligasida munosib o'yin ko'rsatmoqda. Uningcha, bo'lajak to'qnashuvda aniq favorit yo'q, shu sababli gollar bo'yicha variant mantiqiy ko'rinadi. Prognoz: o'yinda 2-3 ta gol.
«Fenerbahche» — «Nottingham Forest» uchrashuvi bugun, 19 fevral kuni Istanbuldagi stadionda bo'lib o'tadi. Start hushtagi 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi. Liveresult.ru o'yinni matnli onlayn tarzda yoritib boradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!