Argentina futbol rahbari Tapia korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani yuzasidan qo'zg'atilgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ish bo'yicha yana bir gumonlanuvchi sifatida tashkilot g'aznachisi Pablo Tovigino ham tilga olinmoqda. Huquq-tartibot idoralari ikkalasiga ham mamlakatni tark etishni taqiqladi.
So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tishi belgilangan. Tergov AFA tomonidan ijtimoiy badallar bo'yicha davlat byudjetiga 13 million dollar yetib kelmagani haqidagi ma'lumotlardan so'ng boshlangan.
Shuningdek, Tapia tasarrufidagi 10 gektarlik, vertolyot qo'nish maydonchasiga ega mulk ham tekshiruv e'tiborida.
Prokuratura futbolchilarga beriladigan bonuslar miqdorini ham o'rganmoqda: ayrim ma'lumotlarga ko'ra, bu ko'rsatkich Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan ham past.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!