Radimov Italiya terma jamoasi darajasini past baholadi

“Zenit”ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda futbol mutaxassisi sifatida faoliyat yuritayotgan Vladislav Radimov Italiya futboli va milliy terma jamoa holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Radimovning aytishicha, Italiya futboli hozir inqiroz davrini boshdan kechirmoqda: klublar legionerlar hisobidan qandaydir natijaga erishayotgani mumkin, biroq terma jamoa darajasi uningcha ancha past. U, shuningdek, “Skuadra adzurra” JChga chiqmay qolish xavfi borligini ta’kidladi. Bu fikrlar “Match TV” efirida yangradi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Jyenaro Gattuzo boshqaruvidagi jamoa yo‘llanma uchun pley-off uchrashuvlarida ishtirok etadi.
2026 yilgi mundial yozda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Nufuzli turnirni uch davlat — AQSH, Kanada va Meksika qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!