date

AQShda o'g'ri o'g'irlangan Mac mini kompyuterini sotuvga qo'yib qo'lga tushdi

AQShda o'g'ri o'g'irlangan Mac mini kompyuterini sotuvga qo'yib qo'lga tushdi

AQShda Mac mini kompyuterining o'g'irlanishi bilan bog'liq voqea kutilmagan yakun topdi. Qurilma egasi o'g'rini internetdagi savdo maydonchasida aniqlashga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Reddit foydalanuvchisi Vanifest0 ning so'zlariga ko'ra, u mart oyi o'rtalarida buyurtma bergan kompyuterni taqchillik sababli to'rt hafta kutishiga to'g'ri kelgan.

Muammo yetkazib berish jarayonida yuzaga keldi: FedEx kuryeri qutini eshik oldida qoldirmasdan, binoning umumiy foydalanish joyiga qo'yib ketgan. Natijada Mac mini o'g'irlab ketilgan.

Jabrlanuvchi bu haqda rahbariga xabar berganida, u Facebook Marketplace platformasini tekshirib ko'rishni maslahat bergan.

E'lon qilingan suratlarda kompyuter egasi ikkita muhim detalni payqab qoldi: qurilmaning seriya raqami va avtomobilning davlat raqami. Seriya raqami chekdagi ma'lumotlar bilan mos kelgan.

Shuningdek, suratlardagi avtomobil turar joy binosi turargohida turgan mashina bilan bir xil bo'lib chiqdi.

Ushbu ma'lumotlar asosida politsiyaga va bino boshqaruv kompaniyasiga ariza topshirildi. Ma'lum bo'lishicha, so'nggi oylarda ushbu binoda posilka yo'qolishi holatlari tez-tez kuzatilgan.

Apple kompaniyasi vaziyatni o'rganib, yangi qurilma yuborishga qaror qildi, biroq xaridor uni iyun oyigacha kutishiga to'g'ri keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » AQShda o'g'ri o'g'irlangan Mac mini kompyuterini sotuvga qo'yib qo'lga tushdi