date

Argentina futboli rahbari Tapia korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Argentina futboli rahbari Tapia korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani yuzasidan ochilgan ish doirasida prokuraturaga so'roq uchun chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu ishda AFA g'aznachisi Pablo Tovigino ham gumonlanuvchi sifatida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot idoralari har ikki mansabdorga mamlakatni tark etishni taqiqladi.

So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tishi kutilmoqda. Tergov AFA tomonidan ijtimoiy to'lovlar bo'yicha davlat budjetiga 13 million dollar yetib kelmagani haqidagi da'volardan so'ng boshlangan.

Shuningdek, Tapia tasarrufidagi 10 gektarlik, vertolyot qo'nish maydonchasiga ega mulk ham shubha uyg'otgan.

Prokuratura futbolchilarga to'lanadigan bonuslar miqdoriga ham alohida e'tibor qaratmoqda: ular Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan kam ekani savollarni ko'paytirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina futboli rahbari Tapia korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi