date

Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

Oʻzbekiston terma jamoasi hujumchisi va “Istanbul Basakshehir” klubi futbolchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng sermahsul oʻyinchi sifatida peshqadamlik qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

21-fevral holatiga ko‘ra, Shomurodov “gol+pas” tizimida 20 ochko jamg‘ardi: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. Shu ko‘rsatkich bilan u turnirning eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda bormoqda.

“Galatasaray” yulduzlari bilan taqqoslanganda ham Eldor ancha oldinda: Mauro Ikardi barcha musobaqalarda 13 ta gol urgan bo‘lsa, Viktor Osimhen milliy chempionat doirasida 9 ta gol bilan kifoyalangan.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov to‘p suradigan Oʻzbekiston terma jamoasi 2026-yil Shimoliy Amerikada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi