Ronaldu yirik g'alabadan so'ng ishonch bilan gapirdi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Al-Hazm»ga qarshi 4:0 hisobidagi g'alabadan keyin o'yin haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik yulduz uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasining Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida yana birinchi o'ringa qaytishiga katta hissa qo'shdi.
«Hamma narsa yana o'z holiga qaytdi. Biz qaytdik, to'g'ri yo'ldamiz va o'zimizga ishonchimiz yuqori — hammasi joyida. Maqsad sari qadam-baqadam ketayapmiz. Hozir yaxshi formadamiz. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz», — deya Ronaldu so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
22 turdan so'ng «Al-Nasr» 55 ochko bilan Saudiya ligasida peshqadam bo'lib turibdi va «Al-Hilol»dan bir ochkoga oldinda. 25 fevral kuni Jorje Jezush jamoasi safarda «Al-Najma»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!