date

Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi

Argentina Futbol Assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to'lanmagani yuzasidan olib borilayotgan ish doirasida prokuraturaga so'roqqa chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu ishda AFA g'aznachisi Pablo Tovigino ham figurant sifatida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot idoralari ikkala shaxsga ham mamlakatni tark etishni taqiqladi.

So'roq 5 mart kuni bo'lib o'tadi. Tergov AFA tomonidan ijtimoiy ajratmalar bo'yicha davlat g'aznasiga 13 mln dollar yetib kelmagani haqidagi ma'lumotlardan so'ng boshlangan.

Shuningdek, Tapia mulkiga tegishli bo'lgan, 10 gektar maydondagi va vertolyot qo'nish maydonchasiga ega qo'rg'on ham tekshiruv e'tibor markazida.

Prokuratura futbolchilarga beriladigan bonus to'lovlari miqdorini ham o'rganmoqda: bu raqam Tapianing dunyo bo'ylab parvoz xarajatlaridan ham kam ekani ta'kidlanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo'yicha so'roqqa chaqirildi