Jorje Jezush Ronalduga navbatdagi uchrashuvda dam berdi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o‘yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni Ar-Riyod klubi OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi bo‘yicha tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo‘lsa-da, bu safar ham u qaydnomadan chetda qoladi.
Jezushning aytishicha, jamoa tig‘iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berishni ma’qul ko‘rgan. Murabbiy oldinda “Al-Fateh”ga qarshi juda muhim o‘yin turganini ta’kidladi.
Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda, Ronalduga dam berilishi yangilik emasligi, u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan uchrashuvlarning barchasida ham qatnashavermagani qayd etilgan.
Saudiya chempionatidagi “Al-Fateh” — “Al-Nasr” uchrashuvi 14-fevral, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!