Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisiga aylandi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi va “Istanbul Bashakshehir” klubi a’zosi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng ko‘p natija qayd etayotgan futbolchi bo‘lib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
21-fevral holatiga ko‘ra, Shomurodov “gol+pas” tizimida 20 ochko jamg‘argan: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. U ayni paytda turnirning to‘purarlar ro‘yxatida ham birinchi o‘rinda bormoqda.
“Galatasaray” yulduzlari Mauro Ikaradi hamda Viktor Osimhen bilan solishtirilganda, o‘zbekistonlik forvard ancha oldinda. Ikaradining barcha o‘yinlarda 13 ta goli bor, Osimhen esa milliy chempionat doirasida hozircha 9 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov harakat qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yil Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!