Real Benfika o'yini oldidan Ryudiger bo'yicha qaror qabul qildi

Madridning "Real" klubi markaziy himoyachi Antonio Ryudigerni Chempionlar ligasida "Benfika"ga qarshi javob uchrashuvida asosiy tarkibga qaytarmoqchi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Qirollik klubi" pley-off bosqichi doirasidagi ikkinchi o'yinda "burgutlar"ni o'z maydonida qabul qiladi. Uchrashuv chorshanba kuni bo'lib o'tadi. Gazeta.Ru Diario AS manbasiga tayangan holda xabar berishicha, Alvaro Arbeloa boshchiligidagi murabbiylar shtabi La Ligada "Osasuna"ga qarshi bahsni zaxirada boshlagan (1:2) Ryudigerni bu safar startdan tushirishni rejalashtirmoqda.
"Real" 32 yoshli futbolchining sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymaslik niyatida: u to'liq tiklanib olmaguncha, himoyachini haftasiga ikki marta maydonga tushirmaslikka qaror qilingan.
Eslatib o'tamiz, birinchi uchrashuvda Arbeloa jamoasi Lissabonda "Benfika"ni 1:0 hisobida mag'lub etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!