date

Lennart Karl Bavariyadagi yuksalishiga izoh berdi

Lennart Karl Bavariyadagi yuksalishiga izoh berdi

Myunxenning «Bavariya» klubi safida to‘p surayotgan 18 yoshli Lennart Karl faoliyatining ilk bosqichida juda tez ko‘tarilib ketgani uni unchalik hayratga solmaganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hujumkor yarim himoyachi joriy mavsumda grand tarkibida muntazam ravishda maydonga tushmoqda. 22 fevral kuni Karl 18 yoshga to‘ldi.

«Ba’zi paytlar bo‘layotgan voqealardan o‘zim ham hayratlanib qoldim, ammo doim buni uddalay olishimni bilardim. Juda ko‘p mehnat qildim. Albatta, xursandman, lekin o‘sish uchun imkon doim bor. Umid qilamanki, keyinroq yanada ko‘proq gol uraman va assist qayd etaman, qolgan jihatlarda ham qo‘shaman», — deya Karlning Kicker nashriga bergan intervyusidan «Gazeta.Ru» iqtibos keltirdi.

Shanba, 28 fevral kuni «Bavariya» Bundesligada safarda o‘zining eng yaqin ta’qibchisi — Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi bahs o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lennart Karl Bavariyadagi yuksalishiga izoh berdi