date

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berildi

Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berildi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o‘ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u qaydnomadan joy olmaydi.

«Juda tig‘iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o‘yin bor», — dedi Jezush. Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, Ronaldu Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tkaziladigan bahslarda vaqti-vaqti bilan maydonga tushmasligi avval ham kuzatilgan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr bosh murabbiyi Ronalduga navbatdagi dam berildi