date

Lissandro Martines jarohat sabab Evertonga qarshi o‘ynamaydi

Lissandro Martines jarohat sabab Evertonga qarshi o‘ynamaydi

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lissandro Martines «Everton»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. The Athletic xabariga ko‘ra, unda boldir mushagi jarohati borasida shubha paydo bo‘lgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Faoliyati davomida «MYU»da turli jarohatlar bilan kurashib kelgan Martines noyabrda maydonga qaytgan edi. U chap tizzasidagi oldingi xochsimon bog‘lam shikastidan keyin to‘qqiz oy tiklanish jarayonini o‘tagan, 28 yoshli futbolchi esa APLdagi so‘nggi 9 uchrashuvning barchasida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Klub ichida hozirgi muammo futbolchini 1–2 haftaga safdan chiqarishi mumkinligi aytilmoqda.

Angliya chempionatining 27-turi doirasidagi «Everton» — «Manchester Yunayted» uchrashuvi 23-fevral kuni soat 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lissandro Martines jarohat sabab Evertonga qarshi o‘ynamaydi