Karrager Dyo'kereshni jahon darajasidagi hujumchi deb bilmaydi

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi, hozirda teleekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Jeymi Karrager «Arsenal»ning shved markaziy hujumchisi Viktor Dyo'keresh haqida o'z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Karragerning ta'kidlashicha, u Dyo'kereshni jahon darajasidagi forvard deb hisoblamaydi va yaqin mavsumlarda «kanonirlar» uchun eng to'g'ri yechim sifatida ko'rmaydi. Shunga qaramay, ekspert futbolchining mentalitetini yuqori baholab, uning o'ziga ishongan, to'pni qabul qilib, vaziyatni gol bilan yakunlay oladigan o'yinchi ekanini aytdi. Karrager Dyo'kereshni uslub jihatidan Alan Shirerga qiyosladi.
Joriy mavsumda skandinaviyalik hujumchi 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Dyo'keresh «Arsenal» tarkibida «gol+pas» tizimi bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkich egasi bo'lib turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!