Yuventus Ueston Makkenni bilan yangi shartnoma tuzmoqda

Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyadagi yetakchilaridan biri Ueston Makkenni bilan kelishuvni yakunlash arafasida. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar muzokaralar o‘tkazib, bitimning barcha bandlarini kelishib olgan. Rasmiy e’lon yaqin vaqt ichida berilishi kutilmoqda.
Makkennining «qari sinyora» bilan amaldagi shartnomasi kelayotgan yozda yakuniga yetadi. Futbolchining transfer qiymati 22 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Ueston «Yuventus» safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi 7 ta gol va 7 ta assist bilan ajralib turdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing