date

"Chicago Fire" Levandovskini sotib olish fikridan qaytdi

"Chicago Fire" Levandovskini sotib olish fikridan qaytdi

AQShning "Chicago Fire" klubi Polsha terma jamoasi va "Barselona" hujumchisi Robert Levandovskini sotib olish fikridan qaytdi. Avvalroq Amerika jamoasi tajribali forvardni o'z safiga qo'shib olishga jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Biroq so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati ushbu transferni amalga oshirish niyatida emas. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Levandovskining Ispaniya klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning iyun oyida yakuniga yetadi. Futbolchi uzoq vaqtdan beri MLS jamoalari bilan bog'lanib kelayotgan edi. Shunga qaramay, "Chicago Fire" vakillari polshalik yulduzning transferi bo'yicha muzokaralarni to'xtatishga qaror qilishdi.


Klubning bunday qarorga kelishiga jamoaning hozirgi hujumchisi Hugo Kuypersning ajoyib sport formasida ekanligi sabab bo'lgan. Rahbariyat yangi hujumchi qidirishdan ko'ra, mavjud tarkibni saqlab qolishni afzal ko'rmoqda. Levandovski esa yozgi transfer oynasida o'ziga yangi jamoa izlashiga to'g'ri kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Chicago Fire" Levandovskini sotib olish fikridan qaytdi