Bernardo Silva erkin agent sifatida "Manchester Yunayted"ga o'tmaydi

"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Nikki Batt "Manchester Siti" yulduzi Bernardo Silvaning "Old Trafford"ga ko'chib o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Uning fikricha, portugaliyalik futbolchi Karlos Teves kabi shov-shuvli transferni amalga oshirmaydi. Silva joriy shartnomasi yakuniga yetayotgan bo'lsa-da, shaharning ko'k qismiga bo'lgan sadoqati tufayli raqib lageriga o'tishni istamaydi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Batt Silvani dunyoning istalgan jamoasi uchun mukammal o'yinchi deb atadi, biroq uning "Manchester Yunayted" tizimiga mos kelmasligini ta'kidladi. Sobiq futbolchining so'zlariga ko'ra, tarkibda Bruno Fernandes borligi sababli ikki ijodkor yarim himoyachini bir vaqtda maydonga tushirish qiyin bo'ladi. Shuningdek, Silva Pep Gvardiola qo'l ostida barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan va o'z obro'sini xavf ostiga qo'yishni xohlamaydi.

Shu bilan birga, Batt o'z vaqtida "Manchester Yunayted" himoyachi Jon Stounzni qo'ldan chiqarganini eslab o'tdi. U klubda ishlagan yillari Stounz bilan muzokaralar olib borilgan, biroq yakunda futbolchi "Manchester Siti"ni tanlagan edi. Batt Stounzni afsonaviy Rio Ferdinandga qiyoslab, uning maydon markaziga o'tib o'ynash qobiliyatini yuqori baholadi.
Hozirda 31 yoshli Bernardo Silvaga Ispaniyaning grand klublari qiziqish bildirmoqda. Erkin agentga aylanishi kutilayotgan futbolchi uchun "Barselona" va "Real Madrid" asosiy da'vogarlar bo'lib turibdi. "Manchester Yunayted" esa bor e'tiborini Fernandes bilan birga o'ynay oladigan boshqa yarim himoyachilarni qidirishga qaratgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!