Yuventus Ueston Makkenni bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Amerikalik yarim himoyachi Ueston Makkenni Turinning «Yuventus» klubi bilan yangi shartnoma imzolash arafasida. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, tomonlar muzokaralarni yakunlab, kelishuvning barcha bandlari bo'yicha bir qarorga kelgan. Rasmiy e'lon yaqin kunlarda berilishi kutilmoqda.
Makkennining «keksaygan sinyora» bilan amaldagi bitimi kelasi yozda tugaydi. Futbolchining transfer qiymati 22 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Ueston «Yuventus» safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi 7 ta gol va 7 ta assist bilan ajralib turdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing