Patrik Dorguning tiklanish muddati yana choʻzildi, yangi sana aytildi

«Manchester Yunayted» himoyachisi Patrik Dorgu jarohat olgan futbolchilar roʻyxatida qolmoqda. Indykaila News xabariga ko‘ra, klub 21 yoshli futbolchiga shoshilmasdan tiklanishni tavsiya qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Qizil iblislar» shtabida Dorguni imkon qadar tez maydonga qaytarish keyinchalik yanada uzoqroq davom etadigan muammolarga olib kelishidan xavotirda.
Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» endi Dorguning qaytishini aprel oyining boshiga rejalashtirmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Patrik Dorgu 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma bilan hisobini to‘ldirdi.
Hozirda «Manchester Yunayted» Premyer-liga jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing