Agyuero Artetaning «Arsenal»dagi ishiga yuqori baho berdi

«Manchester Siti»ning sobiq hujumchisi Serxio Agyuero Londonning «Arsenal» klubida bosh murabbiy Mikel Artetaning faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hozirda «kanonirlar» APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda: ular «shaharliklar»dan 5 ochko oldinda, «Siti»da esa zaxirada bitta o‘yin bor.
Agyuero Arteta o‘zini kuchli murabbiy sifatida isbotlaganini ta’kidladi. Uning aytishicha, ispaniyalik mutaxassis maydonda nima qilishini aniq biladigan jamoani shakllantirdi va «Arsenal» endi doimiy ravishda chempionlik uchun kurashayotgan klubga aylandi. Shuningdek, u muxlislar Artetaning uzoq yillar jamoada qolishini istashini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» Angliya chempionatida oxirgi bor 2004 yilda g‘olib chiqqan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!