Bavariyada faqat Jekson o'yin amaliyotidan norozi

Myunxenning «Bavariya» klubida hujumchi Nikolas Jekson o'zining jamoadagi hozirgi holatidan qoniqmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko'ra, senegallik futbolchi tarkibda o'yin vaqti kamligi borasida norozilik bildirayotgan yagona o'yinchi hisoblanadi. Uning kayfiyati va hafsalasi pir bo'lgani jamoa ichida ham sezilmoqda. Qolgan futbolchilar esa cheklangan roliga ko'nikib, ko'proq imkoniyatga ega bo'lish uchun mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatishga urinmoqda.
«Bavariya» Jeksonni 2025 yil sentabrida «Chelsi»dan joriy mavsum oxirigacha 16 million yevro evaziga ijaraga olgan. Kelishuvda futbolchini 65 million yevroga sotib olish bandi ham bor. Bu mavsumda Jekson myunxenliklar safida barcha musobaqalarda 22 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!