date

Yuventus Spalletti bilan 2028 yilgacha kelishuvga yaqin

Yuventus Spalletti bilan 2028 yilgacha kelishuvga yaqin

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti klub bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvaldan kutilganidek, turinliklar rahbariyati jamoaning Chempionlar ligasida pley-off saralash bosqichida musobaqani tark etganidan cho'chimadi. Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, tomonlar 2028 yilgacha mo'ljallangan bitim shartlari bo'yicha prinsipial kelishuvga erishgan. 66 yoshli mutaxassisga yana ikki noma'lum xorijiy klub ham qiziqish bildirmoqda, biroq u yaqin haftalarda «Yuventus» bilan shartnomaga imzo qo'yishi kutilmoqda.

Spalletti o'tgan yil oktyabr oyining oxirida «Yuventus»ni qabul qilib olgandi. Uning amaldagi kelishuvi mavsum yakunida yakunlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus Spalletti bilan 2028 yilgacha kelishuvga yaqin