Yuventus Spalletti bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti klub bilan yangi bitim imzolash arafasida turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoaning Chempionlar ligasida pley-offning saralash bosqichidayoq musobaqani tark etgani «keksalar» rahbariyatini fikridan qaytarmadi. Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, tomonlar 2028 yilgacha mo‘ljallangan kelishuv shartlari bo‘yicha prinsipial tarzda bir to‘xtamga kelgan. 66 yoshli mutaxassisga yana ikki noma’lum xorijiy klub ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda, biroq Spalletti yaqin haftalarda «Yuventus» bilan shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda.
Spalletti Turin klubini o‘tgan yil oktyabr oyi oxirida qabul qilib olgan. Uning amaldagi shartnomasi esa mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing