date

Indzagi atrofida iste’fo gaplari, murabbiy esa xotirjam

Indzagi atrofida iste’fo gaplari, murabbiy esa xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hanuz mag‘lubiyatsiz yuribdi, biroq so‘nggi duranglar seriyasi jamoani turnir jadvalida uchinchi o‘ringa tushirib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

La Repubblica xabariga ko‘ra, shundan keyin Saudiya Arabistonida Simone Indzagining bosh murabbiylikdan ketishi ehtimoli muhokama qilinmoqda. «Al-Hilol» muxlislari orasida italiyalik mutaxassisga nisbatan norozilar ham bor.

Biroq Indzagining o‘zi vaziyatga sovuqqon qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan va bekor qilinsa, katta miqdorda kompensatsiya ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, Simone Indzagi hozirda dunyoning eng ko‘p maosh oladigan murabbiylari ro‘yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o‘rinda. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Indzagi atrofida iste’fo gaplari, murabbiy esa xotirjam