date

Al-Hilol Indzagini iste'foga chiqarishi mumkin, murabbiy xotirjam

Al-Hilol Indzagini iste'foga chiqarishi mumkin, murabbiy xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali mag'lub bo'lgani yo'q, biroq so'nggi duranglar seriyasi jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onagacha tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, shu fon da Simone Indzagini bosh murabbiylikdan bo'shatish ehtimoli haqida gaplar kuchaygan. Ayniqsa, «Al-Hilol» muxlislarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, Indzagi vaziyatni xotirjam qabul qilmoqda. Uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan bo'lib, muddatidan oldin bekor qilinganda katta miqdordagi kompensatsiya ham ko'zda tutilgan.

Simone Indzagi maosh bo'yicha dunyodagi eng ko'p haq oladigan murabbiylar ro'yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Indzagining yillik daromadi 26 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol Indzagini iste'foga chiqarishi mumkin, murabbiy xotirjam