Yuventus Spalletti bilan 2028 yilgacha kelishuvga yaqin

«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti klub bilan yangi shartnoma imzolash arafasida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avval taxmin qilingani kabi, jamoaning Chempionlar ligasida pley-off saralash bosqichidayoq musobaqani tark etgani «qari sinora» rahbariyatini to'xtatmadi. Insayder Nikolo Skira xabariga ko'ra, tomonlar 2028 yilgacha mo'ljallangan yangi bitim shartlari bo'yicha prinsipial kelishuvga erishgan. 66 yoshli mutaxassisga yana chet eldagi ikki noma'lum klub ham qiziqish bildirayotgani aytiladi, biroq Spalletti yaqin haftalarda «Yuventus» bilan shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda.
Spalletti Turin jamoasini o'tgan yil oktyabr oyi oxirida qabul qilib olgan. Uning amaldagi kelishuvi esa mavsum yakunida tugaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing