Augsburg Kolnni ribeyruning poshna goli bilan yengdi

Germaniya Bundesligasining 24-turi start uchrashuvida yaxshi formaga kirib olgan «Augsburg» o‘z maydonida «Kyo'ln»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yin ko‘proq ehtiyotkor ruhda kechdi, xavfli vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi. Shunga qaramay, hisobni avval mehmonlar ochib yuborishi mumkin edi: burchak zarbasidan keyin Erik Martel bosh bilan zarba berdi, ammo to‘p to‘singa tegib qaytdi.
55-daqiqada «Augsburg» hal qiluvchi hujumni uyushtirdi. Noakay Benks jarima maydoniga uzatma tashladi, Rodrigo Ribeyru esa poshna bilan ajoyib zarba yo‘llab, uchrashuvdagi yagona va g‘alaba golini urdi — 1:0.
Uchrashuvning 90+6-daqiqasida mezbonlar qarshi hujumda yana bir bor raqibni jazoladi: Aleksis Klod-Moris vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Augsburg» turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda, «Kyo'ln» esa 12-pog‘onada qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!