Augsburg Ribeyruning tovon zarbasi bilan Kyolnni yengdi

Germaniya chempionati 24-turining ilk uchrashuvida formasini topib olgan «Augsburg» o‘z maydonida «Kyoln»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yin ko‘p xavfli vaziyatlarga boy bo‘lmadi. Shunga qaramay, mehmonlar hisobni birinchi bo‘lib ochib ketishi ham mumkin edi: burchak to‘pidan uzatilgan pasdan so‘ng Erik Martel bosh bilan zarba berdi, ammo to‘p to‘sin orqali qaytdi.
55-daqiqada Noakai Benks jarima maydoniga to‘p yetkazib berdi va Rodrigo Ribeyru tovon bilan ajoyib zarba yo‘lladi — bu gol uchrashuv taqdirini hal qildi. Qo‘shimcha vaqtning 6-daqiqasida esa Aleksis Klod-Moris qarshi hujumni aniq yakunlab, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Augsburg» turnir jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarildi, «Kyoln» esa 12-pog‘onada qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!