Al-Hilol natijalari Indzagi kelajagi haqida savol tug'dirdi

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hozircha mag'lubiyat nimaligini bilmayapti, biroq so'nggi bahslardagi bir nechta duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, shundan so'ng mamlakatda Simone Indzagini bosh murabbiylikdan ketkazish ehtimoli haqida gap-so'zlar kuchaydi. Qolaversa, «Al-Hilol» muxlislarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Indzagi vaziyatni xotirjam qabul qilmoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdordagi kompensatsiya to'lanishi ko'zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Simone Indzagi murabbiylar orasida maoshi bo'yicha dunyoda Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Uning yillik oyligi 26 million yevroni tashkil qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!