Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini qamoq jazosi kutmoqda

Turkiya futbolida tikish mojarosi: “Galatasaray” va “Fenerbahche” safidagi ikki o‘yinchi sport stavkalariga aloqador ish bo‘yicha qamoq jazosi olish xavfi ostida qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Gap “Galatasaray” futbolchisi Metehan Baltadji hamda “Fenerbahche” sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, Baltadjiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solmoqda.
Sabah nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Baltadji kamida ikki marta “Galatasaray” o‘yinlariga tikish qilgan. U o‘sha bahslarda boshlang‘ich tarkibda bo‘lmagan, biroq o‘yin qaydnomasidan joy olgan — bu esa futbolchi natijaga bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi savollarni kuchaytirgan.
Amaldagi turk qonunchiligiga asosan, futbolchi bukmekerlarga o‘zining professional sportchi ekanini ma’lum qilishi shart bo‘lgan. Biroq u bu talabni bajarmagani ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!