Bordalas Mbappega qarshi o'ynay olmasligidan afsusda

"Xetafe" bosh murabbiyi Xose Bordalas "Real" tarkibida Kilian Mbappening bo'lmasligi uni xursand qilmayotganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Ligadagi yaqin uchrashuv oldidan fransuz yulduzi jarohati sabab maydonga tushmasligi ma'lum bo'ldi.
"Men har doim eng kuchli futbolchilar o'ynashini xohlayman. Futbolni va o'z ishimni sevaman, buyuk futbolchilarning o'yinini tomosha qilish menga yoqadi. Mbappe kabi darajadagi futbolchi bu bahsda qatnasha olmasligi achinarli, chunki u o'yinni yanada tomoshabop qilardi", — dedi Bordalas, Diario AS nashri keltirgan iqtibosda.
Uchrashuv dushanba kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi va 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing