date

«Neftchi» Farg‘onada «Andijon»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

«Neftchi» Farg‘onada «Andijon»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Superligasida 3-tur uchrashuvlari boshlandi va startdayoq Farg‘onadagi muhit o‘z so‘zini aytdi. Turning ilk bellashuvida «Neftchi» o‘z maydonida «Andijon»ni qabul qildi va ishonchli, ta’sirchan o‘yin namoyish etib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bahsning birinchi yarmida jamoalar ehtiyotkor harakat qildi, ammo mezbonlar bosimni asta-sekin kuchaytirib bordi. 42-daqiqada aynan shu ustunlik golga aylandi: Alisher Odilov hisobni ochdi va tribunalarni “portlatdi” — 1:0.

Ikkinchi bo‘limda esa «Neftchi» raqibni umuman hushiga keltirmadi. 50-daqiqada Jamshid Iskanderov o‘zining goli bilan hisobni 2:0 ga yetkazdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 56-daqiqada Anvarjon G‘ofurov ham darvoza yo‘lini topdi — 3:0.

Bu uchrashuvda Jamshid Iskanderov asosiy qahramon bo‘ldi: u nafaqat bitta gol urdi, balki ikki bor golli uzatma ham berib, jamoasining hujumiga yo‘l ochdi. Iskanderov Alisher Odilov va Anvar G‘ofurovning gollariga assistentlik qildi.

Shu tariqa, «Neftchi» uch turdan keyin 9 ochko jamg‘arib, peshqadamlikni yanada mustahkamlab oldi. «Andijon» esa hozircha 3 ochko bilan qolmoqda.

Superliga. 3-tur

Neftchi – Andijon 3:0

Gollar: Alisher Odilov, 42 (1:0), Jamshid Iskandarov, 50 (2:0), Anvarjon G‘ofurov, 56 (3:0)

Neftchi: Botirali Ergashev, Boyan Siger, Muhsinjon Ubaydullayev, Anvarjon G‘ofurov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Abrorbek Ismoilov (Ratinio, 69), Vladimir Yovovich (Asilbek Jumayev, 69), Jamshid Iskanderov (Farrux Sayfiyev, 78), Yovan Jokich, Alisher Odilov (Xurshid G‘iyosov, 69), Stipe Peritsa.

Andijon: Rahimjon Davronov, Nemanya Chalasan, Igor Golban, Islom To‘xtaxo‘jayev, Mahmudjon Mahamadjonov, Odilbek Abdumajidov (Jamshid Boltaboyev, 46), Aleksandre Andronikashvili, Dragan Cheran, Martin Boake, Imeda Ashortiya, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Neftchi» Farg‘onada «Andijon»ni yirik hisobda mag‘lub etdi