Shotlandiya mundial uchun yakuniy tarkibini e’lon qildi

Shotlandiya milliy jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasini ma’lum qildi. Bosh murabbiy Stiv Klark mundialga yo‘l oladigan 26 nafar futbolchini tanlab oldi.
Yakuniy ro‘yxatdan jamoaning asosiy yetakchilari — Endi Robertson, Skott Maktominay, Billi Gilmor va Jon Makginn ham o‘rin oldi. Bu futbolchilar Shotlandiyaning o‘yin uslubi, maydon markazidagi kurashi va jamoaviy ruhida muhim ahamiyat kasb etadi.
Darvozabonlar qatoriga Kreyg Gordon, Angus Gann va Liam Kelli kiritildi. Himoya chizig‘ida esa Endi Robertson, Kiran Tirni, Natan Patterson, Grant Xenli, Jek Xendri, Skott Makkenna va boshqa tajribali futbolchilar bor.
Yarim himoya Shotlandiyaning eng kuchli jihatlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Bu chiziqda Skott Maktominay, Billi Gilmor, Jon Makginn, Lyuis Fergyuson, Rayan Kristi va Kenni Maklin kabi futbolchilar harakat qiladi. Ayniqsa, Maktominay va Makginnning jismoniy kurashdagi faolligi jamoaga katta kuch berishi mumkin.
Hujum chizig‘ida Che Adams, Lindon Dayks, Jorj Xyorst, Lourens Shenklend va Ross Styuart qaydnomadan joy oldi. Bu futbolchilardan Stiv Klark oldingi chiziqda samaradorlik va raqib himoyasiga bosim kutadi.
Shotlandiyaning JCH-2026 uchun yakuniy tarkibi:
Darvozabonlar:
Kreyg Gordon “Xarts”, Angus Gann “Nottingem Forest”, Liam Kelli “Reynjers”.
Himoyachilar:
Grant Xenli “Xibernian”, Jek Xendri “Al-Ittifoq”, Aaron Xiki “Brentford”, Dom Xayam “Reksxem”, Skott Makkenna “Dinamo” Zagreb, Natan Patterson “Everton”, Entoni Ralston “Seltik”, Endi Robertson “Liverpul”, Jon Sauttar “Reynjers”, Kiran Tirni “Seltik”.
Yarim himoyachilar:
Rayan Kristi “Bornmut”, Findli Kyortis “Kilmarnok”, Lyuis Fergyuson “Bolonya”, Ben Gannon-Douk “Bornmut”, Billi Gilmor “Napoli”, Jon Makginn “Aston Villa”, Kenni Maklin “Norvich Siti”, Skott Maktominay “Napoli”.
Hujumchilar:
Che Adams “Torino”, Lindon Dayks “Charlton”, Jorj Xyorst “Ipsvich Taun”, Lourens Shenklend “Xarts”, Ross Styuart “Sautgempton”.
Bosh murabbiy: Stiv Klark.

Qisqasi, Shotlandiya mundialga tajriba, xarakter va jismoniy kurashga tayyor tarkib bilan boradi. Endi Stiv Klark oldidagi asosiy vazifa — ushbu futbolchilarni yagona kuchli jamoaga aylantirish. Shotlandlar katta turnirlarda oson taslim bo‘ladiganlardan emas, shuning uchun JCH-2026da ulardan kurashchan o‘yin kutish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!