Antonio Rüdiger Real Madridda qoladi

Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Rudiger Real Madrid bilan shartnomasini uzaytirishga rozilik bildirdi. Futbolchi dastlab ikki yillik bitim imzolamoqchi bo'lganiga qaramay, klubning 30 yoshdan oshgan o'yinchilar uchun mo'ljallangan bir yillik shartnoma siyosatini qabul qildi. Saudiya Arabistonidan tushgan yirik takliflarni rad etgan 2022-yilda Chelsi safidan kelgan o'yinchi Carlo Ancelotti jamoasidagi faoliyatini davom ettirishni maqsad qilgan.
Ispaniyaning AS nashri xabariga koʻra, Antonio Rüdiger Real Madrid bilan shartnomasini uzaytirishga rozi boʻldi. Germaniya terma jamoasi himoyachisi klubning yoshi oʻtgan futbolchilar uchun joriy etilgan bir yillik shartnoma siyosatini qabul qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Dastlab futbolchi ikki yillik bitim imzolashni maqsad qilgan edi, biroq klub rahbariyati 30 yoshdan oshgan oʻyinchilar bilan faqat bir mavsumga shartnoma tuzish qoidasidan voz kechmadi. Natijada, Rüdiger oʻz talablarini yumshatishga majbur boʻldi.
Oʻtgan mavsum himoyachi uchun jismoniy muammolar tufayli ogʻir kechdi. U uzoq vaqt davom etgan ogʻriqlar sababli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi va Londondagi mutaxassislar yordamida sogʻligʻini tiklab oldi. Hozirda u oʻzini yaxshi his qilmoqda va maydonda barqaror oʻyin koʻrsatmoqda.
2022-yilda Chelsi safidan erkin agent sifatida kelgan Rüdiger qisqa vaqt ichida Carlo Ancelotti jamoasining asosiy himoyachisiga aylandi. Saudiya Arabistonidan tushgan katta takliflarga qaramay, u Real Madriddagi faoliyatini davom ettirishni va yangi sovrinlar yutishni maqsad qilgan.































Izohlar 0
…