Arsenal 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioni bo‘ldi

Londonning Arsenal klubi muxlislari Emirates Stadium atrofini bayramona kayfiyatda to‘ldirishdi. Manchester Siti jamoasining Bornmut bilan 1:1 hisobidagi durang o‘yini Mikel Arteta shogirdlarining muddatidan avval Angliya Premer-ligasi g‘olibi bo‘lishini ta’minladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda minglab muxlislar qizil mash’alalar yoqib, bayroqlar bilan o‘z jamoasining tarixiy g‘alabasini nishonlayotgani aks etgan. Bu natija Arsenal uchun 2003-2004-yilgi mavsumdan buyon qo‘lga kiritilgan ilk chempionlik unvonidir.
Pep Guardiola boshchiligidagi Manchester Siti safarda ochko yo‘qotgach, chempionlik poygasi yakunlandi. Eli Junior Kroupi tomonidan kiritilgan gol va Erling Xolandning javob goli City uchun yetarli bo‘lmadi, bu esa London klubiga muddatidan avval sovrinni kafolatladi.
Mikel Arteta o‘z jamoasi bilan uzoq yillik kutishga chek qo‘ydi. Jamoa endilikda yakshanba kuni Kristal Pelasga qarshi o‘yinni bayramona kayfiyatda o‘tkazadi va 30-may kuni Budapeshtda PSJga qarshi Chempionlar ligasi finaliga tayyorgarlik ko‘radi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!