date

Kapello Italiyaning tarixiy mag‘lubiyati haqida qanday fikr bildirdi?

Kapello Italiyaning tarixiy mag‘lubiyati haqida qanday fikr bildirdi?

Italiyalik tajribali mutaxassis Fabio Kapello mamlakat terma jamoasining Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagani bilan bog‘liq fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Jennaro Gattuzo shogirdlari hal qiluvchi bahsda Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berib, ketma-ket uchinchi bor mundialdan mahrum bo‘ldi.

Kapello fikricha, “bunday tarix va nufuzga ega jamoa uchun bu holat mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. Butun kecha uxlay olmay qoldim, sodir bo‘lgan voqeaga hali ham ishona olmayapman. Biz to‘rt karra jahon chempioni bo‘lgan jamoa haqida so‘zlayapmiz. Bu shunchaki mag‘lubiyat emas, balki sport fojiasi va tarixiy sharmandalikdir. Italiya futbolining yaqin tarixida bu eng dahshatli va esda qolarli voqealardan biridir”, — dedi u.

Italiya futboli afsonasining bu so‘zlari mamlakatdagi umumiy kayfiyatni ochiq aks ettirmoqda. Eslatib o‘tamiz, Italiya oxirgi marta 2014 yilda Jahon chempionatida ishtirok etgan va shu paytdan beri asosiy turnir saralashlaridan o‘ta olmayapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kapello Italiyaning tarixiy mag‘lubiyati haqida qanday fikr bildirdi?