date

Sud tizimida media ochiqlikni oshirishga yangi qadam qoʻyildi

Sud tizimida media ochiqlikni oshirishga yangi qadam qoʻyildi

Yurtimizda sud-huquq tizimida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik ishonchini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda Odil sudlov akademiyasida Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan hamkorlikda muhim oʻquv tashabbusi yoʻlga qoʻyildi.

Maʼlum qilinishicha, sud organlari axborot xizmatlari xodimlari va sudyalar uchun «Media-kommunikatsiya va inqirozli vaziyatlarda ishlash» mavzusida maxsus ikki kunlik oʻquv kursi boshlandi. Ushbu dastur sud tizimi va media oʻrtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqishni koʻzda tutadi.

Oʻquv-amaliy mashgʻulotlar doirasida ishtirokchilarga sud faoliyatini ommaviy axborot vositalarida toʻgʻri va xolis yoritish, blogerlar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, axborotni tezkor va aniq yetkazish kabi muhim koʻnikmalar oʻrgatilmoqda. Shu bilan birga, ochiqlik va aybsizlik prezumpsiyasi oʻrtasidagi muvozanatni saqlash, media masʼuliyatini his etish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Dastur davomida tanqidiy materiallarni tahlil qilish, rasmiy axborot kanallarini samarali yuritish, inqirozli vaziyatlarda toʻgʻri va tezkor kommunikatsiya olib borish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkil etilmoqda. Bu esa sud xodimlarining zamonaviy axborot muhitida samarali ish yuritishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, ishtirokchilar zamonaviy media matn yaratish, sud qarorlarini oddiy va tushunarli tilda jamoatchilikka yetkazish, jonli efir va intervyularda taʼsirchan nutq soʻzlash, reputatsion xavflarni boshqarish kabi koʻnikmalarni ham oʻzlashtirmoqda. Eʼtiborli jihatlardan biri — sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ham kurs dasturiga kiritilgan.

Mutaxassislar fikricha, mazkur oʻquv kursi sud tizimi va jamoatchilik oʻrtasida ochiq, ishonchli va samarali muloqotni shakllantirishda muhim amaliy platforma vazifasini oʻtaydi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, ushbu oʻquv dasturi ertaga ham davom ettirilib, ishtirokchilar uchun yana yangi bilim va tajribalar taqdim etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Sud tizimida media ochiqlikni oshirishga yangi qadam qoʻyildi