Arsenal 22 yillik tanaffusdan so'ng Angliya chempioni bo'ldi

Arsenal 22 yillik kutishdan so'ng yana Angliya Premer-ligasi g'olibiga aylandi. Bunga Manchester Siti jamoasining Bornmut bilan o'yindagi kutilmagan durang natijasi sabab bo'ldi. Pep Guardiola shogirdlari 1:1 hisobida ochko yo'qotgach, London klubi muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Uchrashuvda hisobni Eli Junior Kroupi ochgan bo'lsa, Erling Xoland 90+5-daqiqada muvozanatni tikladi. Biroq bu gol Manchester Siti uchun yetarli bo'lmadi. Shu tariqa, Arsenal 2004-yildan buyon ilk bor liga chempionligini qo'lga kiritdi.
Arsenal endi o'z tarixidagi 13-chempionlik unvoni bilan Chempionlar ligasi finaliga tayyorgarlik ko'radi. Jamoa hal qiluvchi bahsda PSJ bilan to'qnash keladi. Manchester Siti uchun esa mavsum yakuni Pep Guardiola bilan xayrlashuvga aylanmoqda.
OAV xabarlariga ko'ra, Guardiola yozda jamoani tark etadi va uning o'rnini Enzo Maresca egallashi kutilmoqda. Manchester Siti muxlislari murabbiyni jamoada qolishga chaqirgan bo'lsa-da, klub rahbariyati o'zgarishlarga tayyorlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!