date

Joze Mourinyo Real Madridga qaytmoqda: klub portugaliyalik murabbiy uchun tovon puli to‘ladi

Joze Mourinyo Real Madridga qaytmoqda: klub portugaliyalik murabbiy uchun tovon puli to‘ladi

Joze Mourinyo ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng yana Real Madrid boshqaruviga qaytish arafasida turibdi. Madridliklar 13 yil avval klubni tark etgan portugaliyalik mutaxassisni qaytarish uchun Benfika bilan tuzilgan shartnomadagi tovon pulini to‘lab berdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Sky Sport Italia xabariga ko‘ra, Ispaniya grandi dushanba kuni Mourinyoning Lissabon klubi bilan shartnomasini bekor qilish uchun 3 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lagan. Bu qadam Florentino Peresning «Maxsus» (The Special One) deb nom qozongan murabbiyni Madridga qaytarish rejasidagi hal qiluvchi bosqich bo‘ldi.

Mourinyo 2010-yildan 2013-yilgacha bo‘lgan davrda Real Madrid bilan La Liga, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritgan edi. Murabbiyning agenti Jorje Mendesh va klub rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar so‘nggi kunlarda jadal sur'atlarda o‘tdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tomonlar ikki yillik shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Peres joriy mavsumni sovrinsiz yakunlagan va chempionatda Barselonadan ortda qolgan jamoada yangi davrni boshlash uchun Mourinyoni asosiy nomzod deb bilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Joze Mourinyo Real Madridga qaytmoqda: klub portugaliyalik murabbiy uchun tovon puli to‘ladi