22:00 / 11.02.2018
4 329

Umid Ahmadjonov futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini tabrikladi

Umid Ahmadjonov futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini tabrikladi
Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Xitoy Taypeyida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini tabrikladi.

Xitoy Taypeyida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, bronza medallarini qo‘lga kiritganingiz bilan Sizlarni tabriklayman! Olimpiya terma jamoamizning OSiyo chempionatida yuksak natijasidan keyin mamlakatimiz futzal bo‘yicha ham Osiyoda o‘z o‘rniga ega ekanini isbotlay olganingiz uchun Sizlarga katta rahmat!

Butun musobaqa davomida katta shijoat va yuksak vatanparvalik namunasini ko‘rsatib, bahslarda bor kuchingiz bilan harakat qilganingizni barcha muxlislar guvohi bo‘lishdi. Ayniqsa, bronza medallari uchun Iroq terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda tarkibdagi barcha futzalchilar irodali o‘yin namoyish qilib, Osiyo chempionatining sovrindoriga aylanganingiz barchamizni cheksiz xursand qildi.

Endilikda bo‘lg‘usi musobaqalarda ham munosib ishtirok etib, yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda himoya qilishda davom etasizlar, degan umiddaman
”, - deydi Umid Ahmadjonov.


Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini tabrikladi