16:16 / 26.08.2018
2 983

Jerar Pike tennis boʻyicha “Devis kubogi”ga 3 milliard AQSH dollarini sarmoya qilmoqchi

Жерар Пике теннис бўйича "Дэвис кубоги"га 3 миллиард АҚШ долларини сармоя қилмоқчи
“Barselona” jamoasining himoyachisi, “Kosmos” sarmoyaviy guruhining rahbari ispaniyalik Jerar Pike tennis boʻyicha “Devis kubogi”ga 3 milliard AQSH dollarini sarmoya qilishni va final bahsini noyabr oyidan sentyabr oyiga koʻchirish niyatida ekanini aytib oʻtdi.

"Men koʻplab tennischilar bilan gaplashib koʻrdim. Ular finalni sentyabr oyida oʻtishini istashmoqda. Biz ularning taklifini inobatga olmoqchimiz. Nadal, Chilich, Zverev, Jokovich va bir qator mahoratli tennischilar bilan suhbatlashdim. Ular ham sentyabr oyida oʻynashni istashmoqda. Biz ularga eng maʼqul sanani tanlaymiz va finalni noyabr oyidan sentyabrga koʻchiramiz.

Ayni damda “Kosmos” va “ATR” oʻzaro muzokaralar oʻtkazmoqda. Biz nafaqat final kunini balki, ushbu musobaqada ishtirok etadigan tennischilarga reyting ochkolari berish boʻyicha ham kelishib olmoqchimiz", – deydi Pike.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jerar Pike tennis boʻyicha “Devis kubogi”ga 3 milliard AQSH dollarini sarmoya qilmoqchi